Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi yil arafasida metropolitenning Sergeli yo‘nalishi ochiladi
4.12.2020 17:51,  
249

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimda ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbari zavod Toshkentda yaqinda tashkil etilgan Yangihayot tumanida ish boshlayotganiga e’tibor qaratdi. Korxonada muhandis, loyihachi, metallurg va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi shakllanayotgani, bu esa kelajakda boshqa zamonaviy korxonalar uchun mustahkam poydevor bo‘lishini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

– Eslaringizda bo‘lsa, biz koronavirus pandemiyasidan kuchli, qudratli bo‘lib chiqamiz, deb maqsad qo‘ygan edik. Bugun bu murakkab yil yakuniga yetayotganda aytishimiz mumkinki, barcha sa’y-harakatlarimiz ijobiy natijasini beryapti. Ko‘ryapsizlar, dunyoda nima bo‘lyaptiyu, O‘zbekistonda nima bo‘lyapti. Xudo xohlasa, shu oyning oxirida metropolitenning Sergeli yo‘nalishini ham ochamiz. Ilohim, mana shunday yaxshi kunlarimiz ko‘p bo‘lsin, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан