Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim tovarlar narxi 50 %ga pasaytiriladi — Prezident
25.12.2021 15:58,  
261

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim tovarlar narxini 50 %ga pasaytirish to‘g‘risida hukumatga topshiriq berdi — deya xabar bermoqda ’Sputnik O‘zbekiston’.

“Odamlar oilasi va do‘stlari uchun sovg‘alar sotib olishi, yangi yilni yaxshi nishonlashi uchun bozorlar va do‘konlarda shanba kunidan boshlab 1 yanvarigacha sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarining bayramona savdosini tashkil etish, ayrim tovarlarning narxini 50 %gacha arzonlashtirish to‘g‘risida bosh vazir o‘rinbosari Chari Gilijovga topshiriq berildi”, - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxon Chakiyevga 31 dekabr va 1 yanvar kunlari shahar avtobuslari aholiga bepul xizmat ko‘rsatishi haqida topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан