Yangiyo‘lda kannabis yetishtirib kelgan erkak ushlandi

Yangiyo‘lda kannabis yetishtirib kelgan erkak ushlandi

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda  Yangiyo‘l tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro R.D. Yangiyo‘l tumanidagi kafelardan birida fuqaro A.Yu.ga “nasha” giyoxvandlik moddasini berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro A.X.ga tegishli bo‘lgan yer maydoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu yer maydonida 106 tup “kannabis” o‘simligi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

5