Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘lda 45 million so‘mlik “Tropikamid” moddasi ushlandi
21.01.2020 12:32,  
289

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan 9 yanvar kuni Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro Z.T. qo‘lga olinib, undan taxminiy narxi 45 million so‘mlik jami 80 ta konvalyutada 1 120 dona “Regapen” hamda 250 quti “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, tezkor tadbirda fuqaro Z.T. yashash xonadoni oldida qora rangli charm sumka va polietilen paket ichida 40 ta konvalyutaning har birida 14 donadan jami 560 dona “Regapen” va 175 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Olib borilgan surishtiruv davomida u dori vositalarini bir qismini vaqtincha yashab turgan uyida saqlab kelayotganligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, uning xonadonidan yana 40 ta konvalyutaning har birida 14 donadan jami 560 dona “Regapen” va 75 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi “Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish” 3-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан