Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘ldagi sudda mahbuslar kamera oynasiga qon bilan yozdi
26.05.2021 16:23,  
3635

Ichki ishlar vazirligi 25 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudidagi sudlanuvchilarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25 may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «v» bandi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar Yangiyo‘l shahar sudining so‘rovnomasiga asosan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha JIB Yangiyo‘l shahar sudiga chaqirilgan.

1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan ushbu mahbuslar:

  • M.Yunusaliyev (1984 yilda tug‘ilgan, 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 2019 yil 27 apreldan beri qamoqda),
  • G‘.Murodjonov (1987 yilda tug‘ilgan, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 2019 yil 27 apreldan beri qamoqda),
  • A.Qudratov (1980 yilda tug‘ilgan, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 2019 yil 7 oktyabrdan beri qamoqda),
  • E.Sharipov (1987 yilda tug‘ilgan, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 2019 yil 7 oktyabrdan beri qamoqda),
  • S.Yulchiyev (1989 yilda tug‘ilgan, 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 2019 yil 7 oktyabrdan beri qamoqda).

Sud jarayoni davomida soat 15:30 larda M.Yunusaliyev, G‘.Murodjonov va A.Qudratov sud tomonidan qo‘yilgan ayblovlardan noroziligini bildirib, qo‘llaridagi lezviya bo‘laklari bilan chap qo‘l bilak qismiga tan jarohati yetkazib, turli noo‘rin talablarni qo‘yib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular 2015 yilga qadar chinozlik Ahmadboyning yordamchilaridan bo‘lgan va xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev ishiga aloqadorligi yuzasidan sudga chaqirilgan. Mahbuslar soat 20:00 larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан