Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘lda suvni ifloslantirgan korxona 229 million so‘m kompensatsiya to‘loviga tortildi
22.10.2020 09:40,  
143

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi “Salar” kanalining suvi ifloslangani yuzasidan Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 21 oktyabr kuni “Salar” kanalida olib borilgan o‘rganish davomida quyidagilarni aniqladi

“Salar” kanalining Zangiota tumanidan oqib o‘tgan hududi ko‘zdan kechirilganda “IMRONBEK SERVIS” MChJga qarashli avtomobillarni yuvish shahobchasi va “KAMRON” MChJga qarashli spirtli ichimliklar ishlab chiqarish korxonasidan hosil bo‘layotgan oqova-suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Salar” kanaliga oqizayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korxona rahbarlariga yozma ogohlantirish ko‘rsatmalar berildi hamda labaratoriya xodimlari tomonidan taxliliy namunalar olindi. Taxlil natijalari chiqqandan so‘ng korxonalarga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitob qilinib to‘lovga tortiladi. 

“Salar” kanalining Yangiyo‘l tumanidan oqib o‘tgan hududi kuzdan kechirilganda  “Yangiyo‘l tumani tozalash inshootidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni yetarli darajada tozalanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqizayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan 229 613 225 so‘m kompensatsiya to‘loviga tortildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан