Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlandi
4.02.2021 12:20,  
381

Yangiyo‘lda joylashgan 6-maktabdagi sinfxonalardan birida shift ko‘chib tushishi holati yuz berdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlanib, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyati buyurtmasiga asosan viloyatga ajratilgan qo‘shimcha 3,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga "Ahmadxoji al-Avaz" MChJ tomonidan amalga oshirilgan.

Ayni damda shahar hokimining topshirig‘iga ko‘ra shahar prokuraturasi, xalq ta’limi bo‘limi mudiri, qurilish tashkiloti bilan birgalikda maktab shift qismlarining chidamliligi qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

“Kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida viloyatlardagi qurilish bo‘yicha barcha mutasaddilar hamda quruvchi tashkilotlardan maktablardagi qurilish va ta’mirlash ishlariga mas’uliyat bilan yondashishni, uning sifat jihatiga alohida e’tibor bergan holda, maktabni kelgusida bolalar ekspluatatsiyasi uchun xavfsiz holda topshirishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан