Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yapon shirkati Namanganda xususiy maktab quradi
10.05.2020 10:37,  
159

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Yaponiyaning Balcom Co. Ltd kompaniyasi prezidenti Tetsuro Yamasaka ishtirokida videokonferensiya formatida muzokaralar olib borildi.

Muloqot chog‘ida qator hamkorlik yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Ular orasida

  • Namangan viloyatida xususiy maktabni tashkil etish;
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filiali bazasida texnik o‘quv markazini tashkil etish;
  • Namangandagi restoran biznesiga investitsiya kiritish;
  • yangi va qayta ishlangan o‘zbek meva-sabzavotlarini Yaponiya bozoriga yetkazib berish
  • O‘zbekistonga sayyohlik safarlarini tashkillashtirish ham bor.

T. Yamasaka yuqoridagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini ta’kidladi va Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani sababli O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан