Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya Alisher Usmonov va boshqa amaldorlarga yangi sanksiyalar e’lon qildi
8.03.2022 08:30,  
168

Yaponiya Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi 20 nafar rossiyalik va ikki rus tashkilotiga, shuningdek, 12 nafar belaruslik va 10 nafar belarus tashkilotiga nisbatan qo‘shimcha cheklov choralari kiritilganini ma’lum qildi. Shunday qilib, Yaponiya sanksiyalarining uchinchi paketiga Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Aleksey Gromov, prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak, Rossiya Federatsiyasi rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, tadbirkorlar Boris Rotenberg va Alisher Usmonov, jurnalist Vladimir Solovyov va boshqalar kiritildi.

Shuningdek, Viktor va Dmitriy Lukashenko, Belarus prezidenti matbuot kotibi Natalya Eysmont va Belarus ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakovga nisbatan cheklov choralari kiritildi.

1 mart kuni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Rossiyaning bir qator kompaniyalari va tashkilotlariga nisbatan eksport sanksiyalari qo‘llashni ma’qullagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан