Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya banklari Sberbank bilan dollarda tranzaksiyalarni to‘xtatadi
26.03.2022 13:31,  
83

AQShning Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy etgan sanksiyalari doirasida Yaponiyaning Mitsubishi UFJ, Sumitomo Mitsui, Mizuho kabi bir qator yirik moliya muassasalari 26 mart kunidan boshlab Rossiyaning Sberbanki bilan dollarda tranzaksiyalarini to‘xtatadi, deb xabar tarqatdi Kiodo agentligi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Sberbank bilan tranzaksiya qilishda Yaponiya banklari amerikaning korrespondent banklaridan foydalanadi, chunki 26 martdan Sberbank ishtirokidagi har qanday tranzaksiyani amalga oshirishga qo‘llangan taqiq kuchga kiradi. Bu, Yaponiya tomonidan Rossiyaning ushbu banki bilan har qanday operatsiyani amalga oshirish mumkin emas, deganidir.

AQSh 25 fevraldan Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Rossiyaning bir nechta yirik banklariga sanksiya joriy etdi. Ular orasida Sberbank ham bor. 30 kun davomida AQSh moliya institutlari Sberbankning korrespondent hisoblarini yopishi  va u ishtirokidagi har qanday tranzaksiyalarni rad etishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан