Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya bosh vaziri hojatxona qog‘ozini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirdi
29.02.2020 17:12,  
1672

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus fonida yaponlardan hojatxona qog‘ozini yoppasiga sotib olishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uning aytishicha, mamlakatda hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday uzilish yo‘q.

«Barcha hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish zavodlari Yaponiyada joylashgan. Bu mahsulotning kerakli zapasi bor. Sizlarni sotib olishda osoyishtalikni saqlashga chaqiraman», — dedi Bosh vazir.

Avvalroq, Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 900 dan oshishi munosabati bilan aholi hojatxona qog‘ozi, qog‘oz sochiq va salfetkani yoppasiga sotib olayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bunga mahalliy OAVda berilgan tibbiyot niqoblari go‘yoki hojatxona qog‘ozi materialidan tayyorlanishi haqidagi xabar sabab bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан