Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya bosh vaziri o‘g‘li rasmiylar bilan ovqatlangani uchun kechirim so‘radi
23.02.2021 21:08,  
234

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga o‘g‘li Seygo Sugining Ichki ishlar va aloqa vazirligi rasmiylari bilan kechki ovqatda noo‘rin ishtirok etgani uchun uzr so‘radi.

«Men rasmiylar tomonidan odob-axloq qoidalarini buzilishiga olib kelgan harakatlarda o‘g‘limning ishtiroki uchun uzr so‘rayman», — dedi u. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Seygo Suga va uning hamkasblari 2020 yilda idoraning 13ta vakili bilan ovqatlanib, ziyofat uchun pul to‘lashgan. Kechki ovqat va sovg‘alarga kamida 192 ming iyena (1820 dollar) sarflangan. Yaponiyada rasmiylarga manfaatdor tomonlardan sovg‘alar olish taqiqlanadi. 

Seygo Sugi «Tohokushinsha Film» prodyuserlik kompaniyasida ishlaydi. Ichki ishlar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bu kabi kompaniyalarga zarur bo‘lgan litsenziyalarni beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан