Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya Bosh vaziri sog‘lig‘i tufayli iste’foga chiqmoqda
28.08.2020 13:23,  
144

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe sog‘lig‘i yomonlashgani sababli iste’foga chiqmoqchi, deb xabar qilmoqda OAV. Iste’fo hukumat rahbari sifatida eng uzoq vaqt ishlaganlik haqidagi rekordni yangilaganidan to‘rt kun o‘tgach sodir bo‘lishi mumkin.

NHK telekanali 65 yoshli Abening juma kuni iste’foga chiqish rejalari haqida xabar bermoqda. Janob Abe deyarli sakkiz yil davomida bosh vazir bo‘lib ishlagan, bu rahbarlik lavozimdagilarni tez-tez almashtiradigan mamlakat uchun odatiy hol emas, deb yozadi The New York Times.

Abening iste’foga chiqmoqchi ekanligi haqida Reyter manbasi ham xabar berdi.

Bosh vazirga yaqin bo‘lgan NHK suhbatdoshlari uning sog‘lig‘i tufayli iste’foga chiqishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritdi. Telekanalga ko‘ra, Abe juma kuni matbuot anjumani o‘tkazib, qarorini tushuntiradi.

Bosh vazir Abe so‘nggi ikki hafta ichida shifoxonaga ikki marta borgan, shu sababli uning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida mish-mishlar tarqaldi, deb xabar beradi NHK.

Bosh vazirning iste’fosi u hukumat rahbari sifatida eng uzoq vaqt ishlaganlik haqidagi rekordni yangilaganidan atigi to‘rt kun o‘tgach sodir bo‘lishi mumkin. U 2021 yil sentyabrgacha o‘z lavozimini egallashi kerak edi.

Yaqinda kasalxonaga ikki marta tashrif buyurganidan keyin Abening sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi mish-mishlar kuchaygan. Abe bir necha yildan beri surunkali yarali kolit bilan kurashmoqda, deb yozadi Reuters.

Avvalroq hukmron Liberal-demokratik partiya rasmiylari Abening iste’foga chiqishini rad etib, Bosh vazirning sog‘lig‘i yaxshi deb aytgan edi.

Bu Abening ilk marotaba postni muddatidan oldin tark etishi emas - 2007 yilda u ushbu lavozimda bir yilgina ishlab, ichak muammosi tufayli iste’foga chiqqan edi. 2012 yil dekabrda u Yaponiya hukumatiga qayta rahbarlik qildi.

Abe o‘z faoliyati davomida Yaponiyani halokatli zilzila va sunamidan keyin tiklash, iqtisodiy tiklanishni amalga oshirish va Amerikaning oldindan aytib bo‘lmaydigan prezidenti Donald Trampning roziligini olishga mas’ul bo‘lgan, deb yozadi NYT. Shuningdek, u Rossiya prezidenti bilan faol muloqot o‘rnatgan.

Faoliyati davomida Sindzo Abe bir marta, 2015 yil 25 oktyabrda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan. Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyoga turnesi davomida Toshkentga kelgan janob Abe prezident Islom Karimov bilan uchrashgan.

2019 yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Sindzo Abe bilan ko‘rishgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан