Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtobusga ulgurish uchun ishdan 2 daqiqa vaqtli chiqqan xodimlarga chora ko‘rildi
21.03.2021 17:59,  
550

Funabashi shahri ta’lim boshqarmasining yetti nafar xodimi jazolandi, ular 2019 yilning may oyidan 2021 yilning yanvar oyigacha avtobusga ulgurish uchun ishdan ikki daqiqa ertaroq chiqqan. Holatlarning umumiy soni 316 tani tashkil qilgan. Bu haqda Sora News’ga tayanib "Zamon.uz" nashri xabar bermoqda.

Ular soat 17:17 dagi avtobusga ulgurish uchun ish joyidan soat 17:13 da chiqib ketgan. Ish jadvalida esa chiqish vaqti soat 17:15 da deb belgilangan. Keyingi avtobus yarim soatdan keyin kelgani uchun xodimlar shoshilgaAn.

Ma’lumotlarga ko‘ra, boshqalarga ishdan erta chiqib ketishiga yordam bergan 59 yoshli xodim, uzluksiz ta’lim bo‘limi boshlig‘ining yordamchisi ushbu ish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. U 137 ming iyenani qaytarish uchun uch oy kamaytirilgan ish haqiga ishlaydi, bu xodimlarning ro‘yxatdan o‘tmagan ta’tillari uchun tovon puli bo‘ladi.

Boshqa ikki nafar yuqori martabali amaldorga yozma ravishda ogohlantirish berildi. Qolgan to‘rt xodim qat’iy ogohlantirish oldi. Yaponlar jazolangan ishchilarga hamdardlik bildirdi. «Har daqiqa uchun pul to‘laydigan qancha kompaniya bor? Bunday holda qo‘shimcha ish vaqtining har bir daqiqasi uchun xodimlarga ish haqi to‘lanishi kerak», — deb ta’kidladi fuqarolar.

Ma’lmuot uchun, Yaponiya mehnat muhojirlarini o‘ziga jalb qiluvchi kuchli o‘nta mamlakat qatoriga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан