Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya O‘zbekistondan mehnat migrantlarini kutmoqda
16.01.2019 20:19,  
23

Yaponiya immigratsiyaga oid yangi qonunchilik doirasida O‘zbekistonni ishchi kuchlari eksport mamlakatlari ro‘yxatiga kiritishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Takumi Nemoto O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev uchrashuvda ma’lum qildi.

M.Shigefumi o‘zbek delegatsiyasiga Yaponiyaning yaqin besh yil ichida 350 ming nafar xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berdi va ishga joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishga qiziqish bildirayotganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida stajyorlarni texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi o‘tkazildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан