Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya OAV: Kim Chen In sun’iy nafas oldirish jihoziga ulab qo‘yilgan
26.04.2020 04:51,  
1892

Yaponiya OAVlari jiddiy ravishda kasallanganligi borasida mish-mishlar tarqalgan Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In sun’iy nafas oldirish jihoziga ulab qo‘yilganligini, amalda esa o‘lganligi borasida xabarlar tarqatmoqda.

Mahalliy Shukan Gendai nomli jurnal Shimoliy Koreyaga borgan Xitoylik shifokorlardan bu ma’lumotni olganligini ma’lum qildi. 

Jurnal aprel oyi boshida Kim Chen In mamlakatning chekka qismidagi viloyatga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida yurak xurujiga uchraganligini, keyinchalik shaxsiy shifokorlari tomonidan eng yaqin kasalxonaga olib borilganligini xabar bermoqda.  

Avvalroq Reuters​ nashri uchta manbaga tayanib, Xitoy KXDRga vrachlar hamda mutaxassislar guruhini yuborganligini xabar bergan edi. 

Iddolarga ko‘ra, Shimoliy Koreya liderida kasallik ko‘p chekish, semirish va charchoq oqibatida kelib chiqqan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан