Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiya O‘zbekistonga 4,5 million dollarlik yuqori texnologiyali tibbiy vositalar yetkazib beradi
17.06.2020 17:52,  
48

Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi doirasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish loyihasi bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, hujjatlarni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori imzoladi.

Foto: SSV Matbuot xizmati

Grantning umumiy miqdori 500 million iyen (taxminan 4,5 million AQSh dollari)ni tashkil qiladi.

Ushbu mablag‘larga ultratovush apparatidan tortib, raqamli rentgen apparati, kompyuter tomografi, mammograf kabi zamonaviy texnologiyalardan iborat innovatsion ko‘chma diagnostika stansiyasi (konteyner); PSR laboratoriyasi, ultratovush apparati, raqamli rentgen apparati, mammografdan iborat yuzlab kasalliklarga qisqa fursat ichida aniq tashxis qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘chma laboratoriya (konteyner); shuningdek, yuqumli kasalliklar shifoxonalari uchun 3 ta kompyuter tomografi yetkazib beriladi.

Loyihaning maqsadi – COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlashdan iborat. Ta’kidlash joizki, ko‘plab yuqori texnologiyali uskunalarni o‘zida jam qilgan ushbu mobil poliklinikalarni mamlakatimizning istalgan hududiga yetkazish mumkin.

Ayniqsa, yuqumli kasalliklar o‘chog‘i paydo bo‘lgan taqdirda zamonaviy diagnostika va laboratoriya jihozlarining to‘liq to‘plamidan iborat konteyner mahalliy aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан