Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiyada odamni qutqargan mushuk politsiya boshlig‘i etib tayinlandi
15.04.2021 00:17,  
433

Yaponiyada yashovchi Koko laqabli mushuk bir insonni qutqarishga yordam bergani uchun Toyama prefekturasidagi politsiya bo‘limiga boshliq etib tayinlandi, deya yozmoqda ’Xabar.uz’.

O‘tgan yili bir keksa odam kanalizatsiya chuquriga tushib ketdi. Kokoning g‘ayrioddiy xatti-harakati uni qutqarishga yordam berdi. U chuqurning yoniga kelib, suvga tikilib o‘tirdi. Buni payqagan mushukning egasi yaqinroq borib, yiqilgan odamni ko‘rdi va darhol yordam chaqirdi.

Politsiya ushbu harakati uchun Kokoga faxriy yorliq topshirib, maxsus forma va boshiga mitti furajka kiygizib qo‘ydi.

Jonivor bo‘lim boshlig‘i lavozimida bir kun bo‘ldi. Shu vaqt ichida mushuk boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yo‘l harakati xavfsizligi darslarida qatnashishga va, hattoki, tegishli deklaratsiyani «imzolashga» ulgurdi. Yaponiyadagi qonun-qoidaga ko‘ra, Koko panjasini qizil siyohga botirib, hujjatga «shaxsiy muhr» bosdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан