Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiyadagi yozgi olimpiada o‘yinlarini boshqa shaharga ko‘chirish taklif etildi
24.02.2020 08:51,  
307

London merligiga nomzodini qo‘ygan Shon Beyli Tokio-2020 Olimpiadasini Londonga ko‘chirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerak, degan taklifni ilgari surdi.

Beylining aytishicha, agarda koronavirus tarqalishi to‘xtamasa, Buyuk Britaniya poytaxtida Olimpiadadek ulkan tadbirni o‘tkazish uchun tajriba ham, infratuzilma ham yetarli.

O‘z navbatida, Tokio gubernatori Yuriko Koike taklifni keskin tanqid qildi.

“Ushbu muammodan merlikni egallash manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinish noo‘rin. Muammo butun dunyo e’tiborini tortishi sayyohlik layneri (“Diamond Princess”) bilan bog‘liq. Biroq ayni shu kema Buyuk Britaniyaga tegishli. Umid qilamanki, mana shu jihatlar ham e’tiborga olinadi”, — dedi Tokio gubernatori.

Bungacha Tokio olimpiadasi tashkilotchilari ham koronavirus tufayli jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urishga hali ancha erta ekanini ta’kidlashgandi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ham o‘yinlarning o‘tkazilish joyini ko‘chirish, bekor qilish yoki o‘zgartirishga zarurat yo‘qligini ta’kidlagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан