Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin kelajakda Toshkent xalqaro aeroporti shahardan tashqariga ko‘chiriladi
12.02.2020 19:26,  
415

Kelgusi 10 yil ichida Toshkent xalqaro aeroporti shahar tashqarisidan 30-35 kilometr masofaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

“Kelgusida ko‘chirishni amalga oshirish rejalari bor. Hozirda Toshkent xalqaro aeroporti deyarli shaharning markazida joylashgan. Kelajakda yo Angren yoki Chinozga, shahardan 30-35 kilometr nariga ko‘chirilishi mumkin“, — dedi “Uzbekistan Airports ” rahbari Ravshan Ismoilov Xalq so‘zi gazetasiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin bir yarim-ikki yil ichida poytaxt aeroportining ishlash darajasi yiliga 4,5 million yo‘lovchidan 7 million yo‘lovchiga oshiriladi.

“Toshkent Sharq“ yangi aeroporti ulangandan so‘ng esa bu raqam 10 milliondan ortib ketadi. Shu bois kelajakda yiliga 50 million yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi zamonaviy aeroport barpo etish haqida o‘ylayapmiz. “Bunday aeroport Toshkentdan tashqarida, rejalarimizga ko‘ra, 10 yil ichida bo‘ladi“, dedi u.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etiladi

Mavzuga doir: «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum»da kimlar ishtirok etadi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан