Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin kunlarda sabzining narxi tushishi kutilmoqda — Vazirlik
22.06.2021 21:46,  
152

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatimiz viloyatlarida erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli to‘liq yetilishi deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yig‘im-terim ishlari boshlandi. Ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi.

2021 YILGI SABZI HOSILI RAQAMLARDA

2021 yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan umumiy hisobda 124,4 ming ga maydonda (o‘tgan yildagiga nisbatan 18,2 ming ga ko‘proq) sabzi ekish rejalashtirilgan, hammasi bo‘lib 2,3 mln tonna sabzi hosili olish mo‘ljallanmoqda. Mamlakatimiz aholisining sabziga bo‘lgan 1 yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishtirilgan sabzi hosilining qolgan hajmi eksport va qayta ishlashga yo‘naltiriladi. Aholining iste’mol savatidagi sabzining ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Qish-bahor mavsumida aholi iste’molini ta’minlash maqsadida 400 ming tonnadan ziyod sabzi zaxira qilinadi. Mamlakatimizda sabzini qayta ishlovchi 250-300 ming tn quvvatga ega 55 ta korxona faoliyat yuritadi. Ular tomonidan sabzi asosan quritilgan, shok holda muzlatish shaklida qayta ishlanadi. Qayta ishlashga xom-ashyo sifatida sabzining asosan kechki navlari olinadi. O‘tgan yili 110 ming tonna kechki sabzi qayta ishlangan.

SABZINI EKISh VA YIG‘IShNING TO‘RT MAVSUMI

Sabzi odatda yiliga 4 marotaba ekiladi. Noyabr-dekabr oylarida “to‘qsonbosti” usulida ekiladi (hosil odatda mart-aprel oylarida to‘liq yetiladi). To‘qsonbosti usulida ekilgan ekinlarning urug‘lari qishki yog‘ingarchiliklar natijasida tuproqdagi namlikka to‘yinib, erta bahorda havo harorati 4-5 S bo‘lgandayoq begona o‘tlar urug‘laridan oldin unib chiqadi. 2021 yilda ertaki hosil olish uchun 2020 yil kech kuzda «to‘qsonbosti» usulida 30,3 ming gektar (yoki o‘tgan yilga nisbatan 5,8 ming gektar ko‘p) sabzi ekilgan. Ushbu usulda ekilgan sabzavot aprel-may oylarida bozorni yetarli darajada sabzi bilan ta’minlab turdi, va u o‘rtacha hisobda 2000-2500 so‘mdan sotildi.

Fevral-mart oylarida ertaki sabzi sepiladi (hosili odatda mayda yetiladi). Yuqorida aytilganidek, bu yili ertaki sabzini sepish davri bahor fasli uchun noodatiy bo‘lgan sovuq ob-havo paytiga to‘g‘ri keldi va hosilning kechroq yetilishiga (20-25 kun kechikib), bozorlarga yangi hosilni yetkazishda bir muddat tanaffus yuzaga kelishiga va narxlarning vaqtinchalik oshishiga sabab bo‘ldi.

Aprel-may oylarida esa hosili yoz o‘rtalarida yetiladigan o‘rtaki sabzi, iyun-iyul oylarida esa hosili sentyabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladigan kechki sabzi ekiladi. Shu tariqa ushbu sabzavotning narxi barqarorlashtiriladi.

2021 yilning aprel-may oylarida o‘rtapishar sabzi navlari ekildi: fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlariga - 15,2 ming gektar, aholi tomorqa maydonlariga - 18,4 ming gektar. Bundan tashqari fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan g‘alladan bo‘shagan 40,5 ming gektar maydonlarga sabzi ekish rejalashtirilgan.

IXTISOSLAShTIRILGAN HUDUDLAR

Sabzi respublikaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Toshkent viloyatining Toshkent, Yuqorichirchiq, Yangiyo‘l, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Nishon, Qarshi, Navoiy viloyatining Karmana, Namangan viloyatining Chortoq, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod, Boyovut, Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Bog‘dod, Yozyovon, Farg‘ona va Beshariq, Xorazm viloyatining Xiva tumanlarida ekilib, ekin maydonlari tobora kengayib bormoqda.

Respublikada sabzining istiqbolli, eksportbop navlari (mahalliy navlardan qizil sabzining: «Mirzoiy krasnaya 228», «Nurli 70», «Farovon», «Baraka»; sariq sabzining – «Mirzoyi jeltaya 304», «Mishak 195») ekib kelinmoqda. Xorijiy navlardan - «Shantane 2461», «Nantskaya 4», «Kurado shantane G‘1», «Novaya Kurado», «Kaskade G‘1», «Karson G‘1» navlari sepilmoqda.

So‘nggi yillarda yuqori hosilli navlarni ekish va parvarishlashda innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy qilish, mineral o‘g‘itlarga xarajatlarni kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi orqali hosildorlikni 20-25 tonnadan 30-40 tonnagacha oshirishga erishilmoqda.

Bu fermerlarimizga sabzi ekish harakatlari va tannarxini tushirishga imkon beradi: 700-800 so‘mgacha (6,5-7,5 sent) yoki bir kilogrammi uchun 1,5 barobar.

MDH VA MARKAZIY OSIYoDA SABZI NARXLARI

MDH davlatlarida sabzining narxi keskin oshganligi, bozorlardagi narxlarning bir-biriga moslashuviga olib kelgan. Jumladan, 1 kg sabzi Qozog‘istonda 535 tenge (1,25 doll.), Qirg‘izistonda − 100 som (1,18 doll.), Tojikistonda − 10 somoni (0,88 doll.), Rossiyada − 100 rubl (1,38 doll.), Belarusda − 2 rubl (0,83 doll.) narxda sotilmoqda.

Qirg‘iziston rasmiylari sabzi narxining iyun oyida 48,1 foizga keskin oshganligiga eksport hajmining jiddiy ortganligi, bahorda sovuq havo, yozda esa qurg‘oqchilik ta’sir ko‘rsatganligini bildirgan. Qozog‘iston rasmiylari esa sabzi narxining oshganligi uni saqlash quvvatlari yetarli bo‘lmaganligi, mavsum almashinuvida ehtiyoj darajasida sabzi pishib yetilmaganligi hamda import (shu jumladan O‘zbekistondan, ulushi 99,6 %) narxlarining yuqoriligi ta’sir etganini qayd etgan. Asosiy savdo mamlakatlarida sabziga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va narxning qimmatlashuvi eksport hajmining ko‘payishiga olib kelgan.

SABZI EKSPORTI

Xorijiy mamlakatlarda sabziga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va narxning qimmatlashuvi eksport hajmining ko‘payishiga olib keldi: 2021 yilning 19 iyun holatiga ko‘ra umumiy hisobda 43 602 tonna, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31% (33 282 tn) ko‘p sabzi eksport qilindi. Eksport qilingan sabzining taxminan 75 foizi aprel-may oylariga, ya’ni ertaki sabzi hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан