Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilindi
10.09.2019 15:43,  
168

O‘zbekistonda 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Farmon bilan kelayotgan yilning 1 yanvaridan e’tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

“Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi”, - deyiladi farmon matnida.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан