Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin qarindoshlar o‘rtasida eng ko‘p nikoh qayd etilgan hududlar aytildi
4.10.2021 20:52,  
541

O‘zbekistonda 2021 yilning iyul-sentyabr oylarida FHDYo organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilindi. 

Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 285 nafar kelin-kuyov bir-biriga nisbatan xolavachcha, 172 nafari tog‘avachcha, 114 nafari amakivachcha va 104 nafari ammavachcha hisoblanadi.

Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.

Mutaxassislar fikricha, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh yurak-qon tomir kasalliklarining tug‘ma turlari kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан