Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin Sharq mamlakatlari karantin choralarini birin-ketin kuchaytirmoqda
24.03.2020 18:43,  
292

Koronavirus pandemiyasi tufayli Yaqin Sharq mamlakatlari turli cheklovlarni qo‘llashga, karantin choralarini kuchaytirishga majbur bo‘lyapti.

Iordaniya dushanba kuni avvalroq o‘rnatilgan komendantlik soati tartibini noma’lum muddatga uzaytirdi. Mamlakatda non, suv va yoqilg‘i tarqatish boshlandi. 

Isroil komendantlik soati muddatini kengaytirib, uni buzganlarga nisbatan qat’iyroq chora ko‘rilishini e’lon qildi. Odamlar ko‘chaga oziq-ovqat, tibbiy yordam va zaruriy ehtiyoj mollarini olish uchungina chiqishi mumkin. 

Suriya shimoli-sharqidagi Kurdiston Mintaqaviy hukumati payshanba kunidan boshlab komendantlik soati e’lon qildi. Kurdlar qochqinlar va qamoq lagerlarida koronavirus tarqalib ketishidan xavotirda. Suriyaning bu hududidagi qamoq lagerlarida IShIDning minglab sobiq a’zolari va ularning oilalari saqlanadi.

Hozirgacha 24 811 kishi koronavirusga chalinib, ularning 1 934 nafari vafot etgan Eronda hukumat allaqachon qamoqdan vaqtincha ozod qilingan 85 000 mahbus yana bir oy davomida ochiqda yurishini e’lon qildi. Mamlakat qamoqxonalaridagi o‘ta abgor vaziyat tufayli hukumat mahbuslarning kasallikka chalinishining oldini ololmaydi. Shu sababli ularni vaqtincha ozodlikka qo‘yib yuborishga qaror qilingan. 

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati xorijdagi o‘z talabalarini 48 soat ichida vatanga qaytishga, ijtimoiy soha xodimlarini esa istisnoli holatlardan tashqari uyda o‘tirib turishga chaqirdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан