Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaqin Sharqdan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilmoqda​
10.10.2019 22:04,  
416

O‘zbekiston rasmiylari Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan vatandoshlarni qaytarish bo‘yicha «Mehr» operatsiyasining ikkinchisini amalga oshirmoqda. Bu haqda Telegram’dagi @aviaspotter kanali xabar berdi.

«Uzbekistan Airways’ning Boeing 757-23P (bort raqami UK57502) samolyoti HY3510 reysi bilan O‘zbekiston fuqarolarini IShID jangovar harakatlar olib borgan hududlaridan qaytarish bo‘yicha maxsus operatsiyani bajarmoqda. Reys Bag‘doddan amalga oshirilmoqda», — deyiladi kanalda 10 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:34 da qoldirilgan xabarda.

O‘zbekistonning vakolatli organlari hozircha ushbu maxsus operatsiya haqida rasmiy axborot berganicha yo‘q. Operatsiyaning tafsilotlari, xususan, aynan necha nafar o‘zbekistonlik Bag‘doddan olib kelinayotgani haqida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Suriyadan yana 170 kishi va Iroqdan 65 nafar bolaning qaytishini kutayotgani, bu borada O‘zbekistonga «xalqaro tashkilotlar va Yaqin Sharqdagi jarayonlarda bevosita ishtirok etayotgan davlatlar yordami kerak»ligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston rahbariyati «Mehr» insonparvarlik operatsiyasini ilk bor 2019 yil may oyi oxirida amalga oshirgan, o‘shanda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar Uzbekistan Airways’ning Suriya poytaxti Damashqdan amalga oshirilgan maxsus reysi bilan O‘zbekistonga olib kelingan edi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан