Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yarashtirishga kelgan shaxs jinoyat ishtirokchisiga aylandi
2.03.2021 21:47,  
583


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining axborotiga ko‘ra, yarashtirishga borgan farzand odam o‘limiga sababchi bo‘ldi.

2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:30 larda 32 yoshli Ahror U. Marg‘ilon shahri “Ariqbo‘yi” MFYda yashovchi 52 yoshli G‘ayrat Yu.ning oldiga kelib, u bilan o‘zaro janjallashib, uni qo‘l va oyoqlari bilan urib tan jarohati yetkazgan. Natijada G‘ayrat Yu. olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, G‘ayrat Yu., tanishi A.O., bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda G‘ayrat Yu.,ning uyiga kelib u yerda janjallashib qolishganliklaridan A.O.,ning o‘g‘li Ahror U. xabar topib otasi bilan yarashtirib qo‘yish maqsadida mast holatdagi G‘ayrat Yu.,ni uyiga kelib uni olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ahror U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан