Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yarim tunda singlisini begona avtomashinadan tushganligini ko‘rgan aka haydovchining hayotiga zomin bo‘ldi
18.02.2021 08:36,  
1074

Xorazm viloyatining Shovot tumani Guliston MFY hududida 2021 yil 15 fevral kuni soat 03:30 larda 30 yoshli Davlatyor D. singlisi «Damas» rusumli avtomashinadan tushganini ko‘rib qoladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, aka ularning yoniga borib haydovchi 36 yoshli Xursandbek Q. bilan janjallashib ketadi va yog‘och bo‘lagi bilan bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi. Natijada Xursandbek Q. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Davlatyor D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан