Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yashil» belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlar Sanitariya xizmati tomonidan tekshirilmaydi
29.07.2020 10:44,  
799

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi»ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – «yashil», «sariq» va «qizil» toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

«Yashil» toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

Belgi tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан