Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yashil hudud»larda o‘quv markazlari faoliyatini boshlash mumkinmi?​
1.06.2020 17:21,  
662

Bugun AOKAhuzurida tashkil etilgan shtabda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Karantin vaqtida ishlab chiqarish jarayoni SES xodimlari tomonidan tekshirilishi to‘g‘rimi?

Javob: Karantin davrida, nafaqat ishlab chiqarish, balki barcha tadbirkorlik sub’yektlarida ularni xabardor etgan holda tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin.

Tekshiruvlarda Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan karantin davrida vaqtinchalik tasdiqlangan 0372- sonli SanQM va Respublika maxsus komissiyasining bayon qarorlarining ijrosi o‘rganiladi.

Savol: «Yashil hudud»larda o‘quv markazlari faoliyatini boshlash mumkinmi?

Javob: Yo‘q, karantin choralari yengillaganiga qaramay, barcha turdagi ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari faoliyatiga cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

Savol: Kasallik aniqlanmagan hududlarda karantinni bekor qilsa bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, bo‘lmaydi. Vaziyat tez o‘zgarishi mumkin. Buni «yashil»dan «qizil»ga aylangan hududlarimiz misolida ham ko‘rish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан