Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






 «Yashil» va «sariq» hududlarda sport va fitnes klublari faoliyatiga ruxsat berildi
1.06.2020 23:24,  
192

 «Yashil» va «sariq» hududlarda sport seksiyalari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati 3 kun muddatda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda «sariq» va «yashil» hududlarda joylashgan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda o‘lchash, 37 daraja va undan yuqori tana harorati bo‘lgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqda sog‘liqni saqlash bo‘limlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashg‘ulotlarini soat 07.30 dan 18.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkil etishga qat’iy amal qilinadi.

Shuningdek, sport tadbirlarini o‘tkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан