Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yashil» va «sariq» hududlardagi umumiy ovqatlanish ob’yektlari qay tartibda ishlashi ochiqlandi
13.06.2020 15:42,  
931

15 iyundan umumiy ovqatlanish joylariga ruxsat berilyapti ekan. Mening ham umumiy ovqatlantiradigan joyim bor. Men nimalarga amal qilishim kerak?

— Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra 2020 yil 15 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga ruxsat berildi. Shu bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

- banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;

- faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;

- stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;

- bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

- har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан