Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yer uchastkalarini olib qo‘yish va zararni qoplash tartibiga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi
2.09.2019 15:28,  
111

Moliya vazirligi “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining mulk huquqi kafolatlanishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

“Yer uchastkasi yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun olib qo‘yish yer egasining hamda yerdan doimiy foydalanuvchining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, halq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarori asosida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi belgilansin”, - deyilgan hujjatda.

Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar hamda noturar joy ob’yektlarini buzish to‘g‘risida qaror, ob’yektning bozor qiymati va olib qo‘yilishi sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin qabul qilinadi.

Loyihada aytilishicha, Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni o‘rnini mol-mulk berish, yer ajratish yoki markazlashgan jamg‘armalar hisobidan mablag‘ ajratish orqali to‘liq qoplanishini ta’minlash maqsadida xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida: Vazirlar Mahkamasida - 3 ta xodim; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligida - 2 ta xodimdan iborat sho‘’ba tashkil etilishi; shahar va tuman hokimliklarida 1 ta mutaxassis shtat birligi kiritish belgilangan.

“Bunda, sho‘’ba faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari hamda hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Qaror loyihasiga “Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom ilova qilingan.

“Yer uchastkasini olib qo‘yish va turar hamda noturar joylar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash (keyingi o‘rinlarda ob’yektlar deb ataladi) to‘g‘risidagi tegishli xalq deputatlari kengashi qarori faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

- o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan bosh rejalarga, shuningdek shaharlar va posyolkalarning aholi punktlari va mikrotumanlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini amalga oshirish;

- mudofaa va davlat xavfsizligi uchun yerlarni taqdim etish;

- avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’yektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti ob’yektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob’yektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’yektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda.

Yuqorida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, turar hamda noturar joylarni, inshootlarni asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning ko‘chirib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, - deyilgan hujjatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан