YHX xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi

YHX xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi ko‘krak va qo‘l belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash me’yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.