Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yil boshidan beri jismoniy shaxslar qancha valyuta sotib olgani ma’lum bo‘ldi
17.08.2020 19:04,  
121

Yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotish hajmi 2,5 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 million dollarga ko‘pdir, deya xabar beradi Markaziy bank axborot xizmati.

Xuddi shu davrda o‘zbekistonliklar 2 milliard dollarlik chet el valyutasini sotib oldilar, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan uch baravar ko‘p ($686 mln).

Pandemiya davrida, aprel oyida aholidan chet el valyutasini sotib olish keskin pasayib ketdi: bu oy o‘zbekistonliklar valyuta sotib olishdan ko‘ra ko‘proq valyuta sotgan yagona oy bo‘ldi. Keyin may oyida bu ko‘rsatkich yana ikki baravar oshib, 172 million dollardan 354 million dollargacha ko‘tarildi.

Iyun va Iyul oylarida o‘zbeklar biroz kamroq chet el valyutasini sotdilar - mos ravishda $345 mln. va $321 mln.

Foto: Markaziy bank

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 489 mln. dollarga (yoki 49 foizga) kamaydi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан