Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yil boshidan beri O‘zbekistondan qancha odam ko‘chib ketgani ma’lum qilindi
29.07.2020 12:17,  
853

2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni respublika bo‘yicha 4710 kishini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar bo‘yicha eng ko‘p ketganlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1460 kishi), Toshkent viloyati (1274 kishi) va Toshkent shahri (1132 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Surxondaryodan (22 kishi), Buxorodan (28 kishi), Andijon va Xorazm (54 kishidan) viloyatlaridan nisbatan kam odam ko‘chib ketgan.

O‘zbekistondan fuqarolar Qozog‘iston (2770 kishi), Rossiya (1737 kishi), Isroil (37 kishi), Qirg‘iziston (28 kishi), Tojikiston (18 kishi) va boshqa davlatlarga (120 kishi) ko‘chib ketgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан