Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yil davomida 40 milliondan ortiq kishi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi
29.12.2018 19:58,  
10

2018 yilda O‘zbekiston davlat chegaralari o‘tkazish punktlari orqali 40 milliondan ortiq kishi va 1,7 mln transport vositasi o‘tkazildi. Bu 2017 yildagidan ikki barobardan ko‘proq demakdir, deya xabar qildi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.

Qirg‘iziston bilan chegaradan 9,3 million (2017 yilda — 3 million), Qozog‘iston bilan — 20 million (13,8 million), Turkmaniston bilan — 952,6 ming (574,1 ming), Tojikiston bilan — 5,7 million (1,2 million) va Afg‘oniston bilan — 227,8 ming kishi kesib o‘tdi.

O‘tayotgan yilda 3707 nafar davlat chegaralari buzuvchisi, 2142 nafar chegara rejimi buzuvchisi va 1330 nafar bo‘lib turish tartiblari buzuvchisi qo‘lga olindi. Chegara qo‘shinlari tomonidan 168 dona turli qurollar, 6159 ta o‘q-dori va 64,7 kg giyohvandlik moddalari olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, 41,6 mlrd so‘mlik mahsulotdar va 13,6 mlrd so‘m ekvivalentidagi xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан