Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yilining birinchi yarmida daromadi eng ko‘p o‘sgan aholi poytaxtliklar bo‘ldi
22.07.2019 20:17,  
23

2019 yilining birinchi yarmida aholi jon boshiga real daromadlarni eng ko‘p o‘sishi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Bu haqda 22 iyul kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan anjumanda ta’kidlanishicha, 2019 yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga umumiy daromad o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal qiymatda 19,4 foizga oshib, inflyasiyani hisobga olgan holda real qiymati esa 5,2 foizga o‘sgan.

O‘rtacha yillik ish haqi va pensiyalarning real o‘sishi esa mos ravishda 14 va 7 foizni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga real daromadlarni eng ko‘p o‘sishi Toshkent shahri (12,6%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,4%) kuzatildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan aholi daromadlari tarkibida ish haqi ulushi 2 foizga oshib ijobiy natijaga erishildi. O‘z navbatida yil boshidan ish haqidan ushlanadigan ijtimoiy sug‘urta badalining bekor qilinishi hamda daromad solig‘ining 12 foiz qat’iy belgilanganligi oqibatida aholining ixtiyorida qoladigan daromadning umumiy daromadlardagi ulushi 93,3 foizga ko‘tarildi (ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 89,9 foizni tashkil qilgan).

Shuningdek, daromadlar tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi so‘nggi 2 yilda deyarli o‘zgarmay 60% atrofida saqlanib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан