Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yirik neft shirkati shamol energiyasi uchun $1,1 mlrd. sarmoya kiritmoqda
11.09.2020 07:59,  
206

Yaqinda qazilma yoqilg‘idan voz kechishni boshlagan Britaniyaning British Petroleum neft kompaniyasi bu borada birinchi katta qadamni tashladi. U AQShdagi ikkita yirik shamol elektr stansiyalarining yarmini Norvegiyaning Equinor (sobiq Statoil) kompaniyasidan sotib oldi. Bitim narxi juda katta - 1,1 milliard dollar, deb xabar bermoqda Blumberg.

BP kompaniyasi AQShning Sharqiy sohilidagi "Empire Wind" va "Beacon Wind" offshor shamol stansiyalarining 50% ulushini oladi. Norvegiya kompaniyasi ushbu turbinalar klasterlarining operatori bo‘lib qoladi. Equinor AQShdan 2019 yilda Empire Wind va 2017 yilda Beacon Wind'ni ijaraga olgan. Ularning har biri potensial umumiy quvvati 2 GVt dan oshadi. Ular birgalikda 2 milliondan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga qodir.

Avgust oyida BP bosh direktori Bernard Luni 10 yil ichida neft va gaz qazib olishni 40 foizga qisqartirishi va kompaniyani qayta tiklanadigan energiya bozoridagi eng yirik o‘yinchilaridan biriga aylantirish uchun yiliga 5 million dollargacha sarflashini aytdi.

BP - bu dunyodagi oltita eng yirik neft va gaz korporatsiyalaridan biri bo‘lgan Britaniya kompaniyasi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан