Yirik yapon banki ish haftasini uch yoki to‘rt kunga qisqartirmoqchi

Yirik yapon banki ish haftasini uch yoki to‘rt kunga qisqartirmoqchi

Foto: Reuters

Yaponiyaning uchinchi eng yirik banki Mizuho Financial Group o‘z ish haftasini uch yoki to‘rt kunga qisqarishni rejalashtiryapti. Bu haqda bankning bosh ijrochi direktori Tatsufumi Sakai Bloomerg'ga ma’lum qildi, deb yozmoqda vc.ru.

Qisqartirilgan ish haftasi dekabr oyida joriy qilinishi mumkin, deya tasdiqladi bank matbuot xizmati. Bank shu tarzda xodimlarning masalan, bolalar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish yoki o‘z-o‘zini o‘qitish uchun shaxsiy vaqtlari ko‘proq bo‘lishini kutmoqda.

Bank dasturni oltita sub’yektida amalga oshirishi mumkin - 45 mingga yaqin xodim qisqartirilgan ish haftasiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, ish haftasi bilan birga xodimlarning ish haqi ham kamayadi. Uch kun ishlaydiganlar ish haqining 60 foizini, to‘rt kun ishlaganlar esa 80 foizini oladilar.

Mizuho Bank bosh ijrochi direktori Tatsufumi Sakai. © Bloomberg

Mizuho Bank COVID-19 pandemiyasi sharoitida ish munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga harakat qilmoqda. Kompaniya Nyu-York va Londonda ofislarni qisqartirishni rejalashtirmoqda, chunki ba’zi xodimlar inqirozdan keyin uyda ishlashda davom etishadi.

2017 yilda bank operatsiyalarni soddalashtirish, ish joylarini qisqartirish va raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha 10 yillik rejani tayyorladi. 2027 yil mart oyining oxiriga kelib shtatlar soni 19 ming kishiga kamayishi kutilmoqda. 2016 yil holatiga ko‘ra kompaniyada 56 ming ishchi bor edi.