O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi.
"O‘zbekkino" Milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Yodgor Sa’diyev 20ga yaqin filmlarda takrorlanmas rollar ijro etib, "Shaytanat" va "Iblis devori" kabi badiiy asarlarda rejissyorlik qilgan. O‘zbek milliy akademik drama teatrida esa 1971 yildan 1987 yilgacha faoliyat yuritgan.