Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yo‘l belgilarini ishlab chiqishda “Avtoyo‘l”ning monopoliyasi bekor qilinadi
11.02.2022 14:23,  
71

Bu boradagi ishlarni moliyalashtirish uchun YXHB tizimida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika va viloyat jamg‘armalari tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Jamg‘armalar har yili kamida 400 milliard so‘m tushadigan aniq manbalarga ega bo‘ladi. Shuningdek, bunga mahalliy byudjetlardan ham mablag‘ ajratiladi.

Davlatimiz rahbari misol tariqasida Farg‘ona viloyati tajribasini ko‘rsatib o‘tdi. Viloyat byudjetidan 24 milliard so‘m ajratilib, 125 kilometr yo‘llarga yoritgich va nur qaytaruvchi vositalar, 24 ta piyoda yo‘laklariga svetofor, 107 tasiga “sun’iy do‘ngliklar” o‘rnatilgan. 

Natijada viloyatda umumiy avariyalar 31 foizga, o‘lim bilan bog‘liq holatlar 21 foizga, piyodalar ishtirokidagi hodisalar 37 foizga kamaygan. 

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga ichki ishlar boshliqlari bilan birga muammoli joylar, “avariya o‘choqlari”dan kelib chiqib, ularni bartaraf etish bo‘yicha oylik va choraklik manzilli dasturlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, yo‘l belgilarini ishlab chiqishda “Avtoyo‘l”ning monopoliyasi bekor qilinadi va ushbu sohaga tadbirkorlik sub’yektlari jalb etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан