Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yo‘l chetlarida uyda tayyorlangan ayron, go‘ja kabi ichimliklarni sotish mumkinmi?
3.06.2020 15:37,  
562

Bugun, 3 iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi:

Savol: Yoz faslida yo‘l chetida uy sharoitida tayyorlangan ayron, go‘ja yoki salqin ichimliklar sotish mumkinmi?

Javob: Yo‘q, mumkin emas. Ruxsat etilmagan katta yo‘l yoqalari, noturg‘un joylarda barcha turdagi mahsulotlarni, jumladan uy sharoitida tayyorlangan salqin ichimliklar, bochkalardagi morslar, frezerda quyib beriladigan muzqaymoqlar qat’iyan man etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 378- va 251-sonli qarorlariga muvofiq noqonuniy ko‘cha savdosi nazorati soliq organlariga yuklatilgan.

Savol: Karantindan chiqqan fuqaro bilan qo‘l berib ko‘rishish mumkinmi?

Javob: Nafaqat karantin zonadan kelgan, balki boshqa insonlar bilan ham qo‘l berib, quchoqlashib, bosh urishtirib va o‘pishib ko‘rishish mumkin emas!

Savol: Karantinga olingan uy zina tutqichlari va lift ichi har necha kunda dezinfeksiya qilinishi kerak?

Javob: Ko‘p qavatli uylarda podezd, zinapoya, tambur, lift, kirish joyi, chiqindi tashlash joylarida joriy va yakuniy dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Joriy dezinfeksiya ko‘p qavatli uyda yashovchi aholini ogohlantirgan holda kuniga 2 marta: ertalab va kechqurun o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан