Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy haydovchilar Rossiyadan chiqarilmay
11.03.2021 14:52,  
343

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy raqamli avtomobil egalari jarimalarni to‘lamaguncha Rossiya hududidan chiqarilmaydi. Bu haqidagi xabarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bermoqda.

Rossiya Federasiyasining «Xalqaro avtomobillar tashuvlari ustidan davlat nazorati va ularni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida»gi qonuniga binoan 2021 yil 7 iyuldan haydovchi chegaraga kelgach, unga uch soat muddat beriladi. Ushbu vaqt davomida jarima to‘lanmasa, unga Rossiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmaydi.

Yangi tartib bo‘yicha chet el transportlarining 2020 yil 8 dekabrdan keyingi jarimalari inobatga olinadi.

Chet ellik haydovchi to‘lanmagan jarima bor yoki yo‘qligini Gosavtoinspeksiya rasmiy veb-saytidagi «Proverka shtrafov GIBDD» xizmati orqali mustaqil aniqlashi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан