Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yo‘lovchi ayeraportdan dron olib o‘tishga urindi
25.02.2021 16:08,  
161

Yo‘lovchi ayeraportdan dron olib o‘tishga urindi. Bu haqida "Yangi O‘zbekiston" gazetasi internet nashri xabar bermoqda.

Navoiy xalqaro aeroportiga “Moskva-Navoiy” yo‘nalishidagi yo‘lovchi avireys bilan uchib kelgan fuqaro E.O “Navoiy aeroporti” chegara bojxona postining kirish yo‘nalishida “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib kelayotganda bojxona organlarining e’tiborini tortadi.

Shundan so‘ng bojxona xodimlari fuqaro E.Oning qo‘l yuki va bagajlarini belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazganida tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona “uchuvchisiz uchish qurilmasi”(dron) borligi aniqlandi va vaqtincha saqlovga olindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan, uchuvchisiz uchish aparatlarini Respublika hududiga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан