Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yonas Astrup: O‘zbekistonda majburiy mehnat masalasida hali xulosa chiqarishga erta
8.11.2019 10:40,  
225

O‘zbekistonda 2019 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi nihoyasiga yetmoqda. Shu munosabat bilan 25 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar terimchilar uchun yaratilgan sharoit, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslikni nazorat qilish bo‘yicha Milliy monitoring o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup uzanalytics.com nashriga bergan intervyusida bolalar mehnatidan foydalanishni bartaraf qilishda faxrlanarli yutuqlarga erishganini ta’kidladi.

“Majburiy mehnat masalasiga kelsak, 2019 yilgi mavsum haqida xulosa chiqarishga biroz erta. Chunki paxta terish mavsumi hali o‘z yakuniga yetmadi. Hozir mavsumning eng so‘nggi – qiyin bosqichi davom etayapti. Dalalarda paxta kamaygan, plan esa bajarilishi kerak. Shu bilan birga fuqarolar o‘z huquqlarini yaxshiroq anglab yetayapti va bu haqda ochiq gapirishga tayyor. Bizda shunday taassurot uyg‘ondi. Bu – ijobiy natija”, - dedi maslahatchi.

Bundan tashqari, Astrup majburiy mehnatni tugatish borasidagi asosiy vazifa odamlarning ongini va dunyoqarashini o‘zgartirish kerak dedi.

“Umuman olganda, to‘g‘ri yondashuv qo‘llanilayotganini ta’kidlashdan mamnunman. Biz sezilarli yutuqlarni ko‘rmoqdamiz, lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p. Men O‘zbekistonning kelajagiga ishonch bilan qarayman va ushbu tarixiy islohotlar jarayoniga oz bo‘lsa-da, o‘z hissamni qo‘shayotganimdan baxtiyorman”, - deya fikrlarini yakunladi Yonas Astrup.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан