Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Yong‘in xavfsizligidanmiz, deb noqonuniy pul undirayotgan firibgarlar ko‘paymoqda" — Adliya vazirligi
27.12.2021 10:04,  
141

Yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlar ko‘paymoqda. Adliya vazirligi firibgarlardan ogohlikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda tumanlarda maxsus-formali kiyim-bosh kiyib yurgan yoki shu kiyimga juda o‘xshash kiyimdagi shaxslar o‘zlarini "davlat yong‘in nazorati organi xodimi" sifatida tanishtirib, fuqarolardan yillik 20–40 ming so‘m atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas.

Adliya vazirligi mazkur holat bo‘yicha ayrim shaxslar tomonidan o‘zlarini "davlat yong‘in nazorati organlari xodimi" sifatida tanishtirgan holda yolg‘on ma’lumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etishi noqonuniyligini ma’lum qildi.

Shuningdek, vazirlik fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishi kerakligini eslatdi:

— Sovuq suv ta’minoti;
 — Isitish va issiq suv ta’minoti (ko‘p qavatli uylarda);
 — Elektr ta’minoti;
 — Gaz ta’minoti;
 — Kanalizatsiya (iste’molchi ulangan bo‘lsa).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан