Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Yoqtirgan qizi"ni qo‘rqitib undan pul talab qilgan yigit ushlandi
11.05.2020 19:50,  
1020

6 may kuni soat 18:30 da  viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan 22 yoshli Navbahor tumanida yashovchi S.O‘. ning arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 27 yoshli F.X. 2018 yildan hozirgi kunga qadar S.O‘. bilan yaqin munosabatda bo‘lib, S.O‘. fosh etilishini xohlamagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini ma’lum qilib, undan 3 000 000 so‘m pullarni talab qilib, ularni olgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida F.X. dan 3 000 000 so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar qildi.

Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан