Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Yosharayotgan” Tojikiston aholisi 2020 yilda ro‘yxatga olinadi
10.10.2019 18:04,  
8518

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning farmoniga ko‘ra, aholini va turar joy fondini ro‘yxatga olish ishlari 2020 yilning 1-15 oktyabr kunlari amalga oshiriladi.

«Aziya-Plyus» nashri ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirish mamlakat hukumatning zimmasiga yuklatilgani haqida xabar berdi.

Tojikistonda aholi oxirgi bor 2010 yilda ro‘yxatga olingan edi. O‘shanda mamlakat aholisi 7 million 565 ming kishidan iboratligi aniqlangan, 2018 yilning mayiga kelib esa aholi soni 9 millionga yetdi.

Tojikiston Markaziy Osiyoda tug‘ilish darajasi eng yuqori mamlakat hisoblanadi. Respublika aholisi yiliga 2,2 foizga yoki 220 ming kishiga ko‘paymoqda. Bu esa Tojikistonni eng “yosh” davlatlardan biriga aylantirdi: aholining qariyb 3 millioni 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан