Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yoshlar ishlari agentligining qarorlari davlat organlari, mansabdorlar va fuqarolar uchun majburiy tusga ega bo‘ladi
14.09.2020 09:59,  
134

O‘zbekiston hukumatining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, “Yoshlar media xoldingi” AJ kiradi.

Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ishlari agentligi prezidentning PF-6017-son farmoni bilan tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан