Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mustaqil NNT sifatida qayta tashkil etiladi
30.06.2020 20:01,  
75

“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Agentlik hududlar kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 

Shuningdek, yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasi shakllantiradi. 

2021 yil 1 yanvardan boshlab “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni doirasidagi:

- hamda boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi;

- loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. 

Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan summasi 2 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Jamg‘arma 2021 yil 1 yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etiladi. 

Shuningdek, Farmonga ko‘ra, yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан